Hozirda Rossiya oliy oʻquv yurtlarida 49 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari tahsil oladi. O‘zbekiston Rossiyadagi talabalar soni boʻyicha ikkinchi oʻrinda. Birinchi oʻrinda Qozogʻiston (61 ming talaba). Uchinchi o‘rinda 32,6 ming talaba bilan Xitoy turibdi.
O‘zbekistonlik talabalar ko’pincha tibbiyot; iqtisodiyot; dasturiy ta’minot muhandisligi; xalqaro aloqalar va stomatologiya yo‘nalishlarini o‘rganishga qiziqishadi.