Rossiyada chet ellik talabalar soni ko’paymoqda

So’nggi uch yil ichida Rossiyada tahsil olayotgan chet el fuqarolarining umumiy soni 26 ming kishiga ko’paydi, hozirda mamlakatda 324 mingga yaqin chet elliklar tahsil olmoqda, dedi Rossiya fan va oliy ta’lim vazirining o’rinbosari Pyotr Kucherenko.

Rossiya chet ellik talabalar soni bo’yicha dunyo mamlakatlari orasida ettinchi o’rinda turadi, so’nggi yillarda Rossiya universitetlarida byudjet joylari soni 30 foizga oshdi. Eng ko’p arizalar Ukraina, Belorusiya, Qozog’iston, O’zbekiston, Tojikiston va Vetnamdan kelib tushmoqda. Rossiya universitetlarida o’qish uchun saralash tadbirlarida 180 mamlakatdan 83 mingga yaqin chet el fuqarolari qatnashdi.