Rossiya va Oʻzbekiston oliygohlari oʻrtasida barqaror aloqalar yoʻlga qoʻyilmoqda

Markaz Samarqand davlat universiteti negizida Shimoliy Kavkaz federal universiteti qoshida faoliyat yuritadi.

Rossiya taʼlim markazi Markaziy Osiyoda rus tilini ommalashtirish bilan birga, Rossiya va Oʻzbekiston OTMlari oʻrtasida barqaror aloqalarni shakllantirish bilan shugʻullanadi.

Kelgusida rus tili va adabiyoti, Rossiya tarixi va boshqa fanlar o‘qituvchilariga metodologik yordamni tashkil etish rejalashtirilgan.