Rossiya universitetlari tajribasi O‘zbekistondagi universitetlarda qo‘llaniladi

Gap Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining O‘zbekiston filiali tomonidan yashil energiyadan foydalanish haqida bormoqda.

Prezident juma kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Oliy ta’lim vazirligiga topshiriq berdi.

Universitetda quvvati 100 kVt/soat bo‘lgan quyosh batareyalari o‘rnatilganini ta’kidladi. Bu yiliga 200 ming kVt/soat elektr energiyasi olish imkonini beradi. Shuningdek, binoga 36 ta suv isitgichi o‘rnatilgan.

Bularning barchasi yig‘ilib, universitetga yiliga 2 milliard so‘mgacha mablag‘ tejaladi.