Rossiya tojikistonlik talabalar uchun 900 dan ortiq kvota ajratmoqchi

Tojikistonlik yoshlarga Rossiya federatsiyasi byudjeti hisobidan Rossiya universitetlarida ta’lim olish imkoniyatini beradigan kvotalar soni 2023/24 o’quv yili uchun 902 tani tashkil etadi, deya  qayd etildi 9 noyabr kuni Dushanbe shahrida  bo’lib o’tgan ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiyaning 18-yig’ilishida.

Rossiya fan va oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, tomonlar Tojikiston fuqarolarini 2022/23 o’quv yilida Rossiya federatsiyasi hukumati tomonidan belgilangan kvotada Rossiya universitetlarida o’qishga qabul qilishni ta’minlash bo’yicha ishlarni ijobiy baholadilar.
                                                                                                                 Tojikistonlik talabalar orasida mashhur mutaxassisliklar va ta’lim yo’nalishlari: iqtisodiyot; xalqaro munosabatlar; dasturiy ta’minot muhandisligi; tibbiyot va menejment.