2021-yilda test sinovlari natijalariga ko‘ra, kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim bo‘limlari bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ball Buxoro shahrida qayd etilgan – 75,28 ball.
2-o‘rin – Farg‘ona (73,3),
3-o‘rin – Toshkent (73,12).
So‘nggi o‘rinlarni Andijon (67,98), Sirdaryo (67,43) va Toshkent viloyati (65,84) egallagan.
Oʻrtacha ko’rsatkich qanday? Masalan, Buxoroda 50 000 abituriyentning barcha ballari jamlanadi va 50 000ga bo’linadi. Shunda o’rtacha arifmetik qiymat hosil boʻladi. Ushbu o’rtacha ballarning kirish balliga hech qanday aloqasi yo’q. Bu shunchaki qaysi viloyat eng yuqori ball olganini ko’rsatadi.
Oʻrtacha ball bo’yicha umumiy reyting:
- Buxoro – 75,28
- Farg‘ona – 73,3
- Toshkent – 73,12
- Navoiy – 71,31
- Namangan – 70,80
- Samarqand – 70,11
- Xorazm – 70,0
- Qoraqalpog‘iston – 69,21
- Qashqadaryo – 68,76
- Jizzax – 68,76
- Surxondaryo viloyati – 68,35
- Andijon – 67,98
- Sirdaryo – 67,43
- Toshkent viloyati – 65,84.