Repetitorlik narxlari oyiga oʻrtacha 0,5 foizga oshdi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil aprel oyida repetitorlik xizmatlari narxlari mart oyiga nisbatan oyiga oʻrtacha 0,5 foizga oshdi.

Yil boshidan buyon repetitorlik xizmatlari narxi o‘rtacha 1,6 foizga oshdi.

Repetitorlik xizmatlari narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa o‘rtacha 9,9 foizga oshgan.