Qozog‘istonning yetakchi universitetlari O‘zbekistonda filiallarini ochish istagida

2022-yilning 7-aprel kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida xalqaro hamkorlik yuzasidan Qozog‘iston Ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari K.Yergaliyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda oliy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Dastlab tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va fan sohasidagi strategik hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli rejalari yuzasidan fikr almashdilar. Qozog‘iston oliy o‘quv yurtlari O‘zbekistonda har yili o‘tkaziladigan «Qozog‘iston ta’lim kunlari» ko‘rgazmasida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston tomonining taklifiga binoan 2022-yilning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Oʻzbekiston va Qozogʻiston rektorlari forumini tashkil etish boʻyicha ishlarni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.