Qo‘shma taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar bepul o‘qishlari mumkin

Yangi 2023-2024 o’quv yilidan boshlab pedagogika universitetining qo’shma ta’lim dasturida tahsil olayotgan talabalar chet el universitetida o’qish davrida bepul o’qishlari mumkin. Talaba davlatga uch yil ishlab berish sharti bilan summa davlat byudjetidan qoplab beriladi.

Bu jarayonda dastlab qo‘shma ta’lim dasturlarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan va yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi.

So‘ng tanlovda g‘olib bo‘lgan talabalar bilan istalgan bo‘g‘indagi davlat ta’lim tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnoma rasmiylashtiriladi.