Qoraqalpog‘istonlik talaba serial g‘oyasi uchun 2000 dollar yutib oldi

2021-yil dekabr oyida Janubiy Koreyaning VisionMaster kompaniyasi va O‘zbekistonning Biz TV onlayn teleradiokanali yosh va professional ssenariy mualliflari o‘rtasida koʻp qismli teleserial g‘oyasi uchun tanlov e’lon qilgan edi.

Taʼkidlanishicha, tanlovda 15dan ortiq turli sinopsislar bilan qatnashgan Qoraqalpoq davlat universiteti 2-kurs talabasi Shomurodova Zilola Kallibek qizi “Ko‘prik” seriali sinopsisi bilan gʻolib boʻlgan.

26-aprel kuni tanlov g‘olibiga 2000 AQSh dollari topshirildi. Demak, tez orada Biz TV telekanalida qoraqalpog‘istonlik talabaning g‘oyasi asosida yaratilgan koreyalik ekspertlar bilan hamkorlikda yangi ijodiy asarni tomosha qilamiz.