Qo’qon davlat pedagogika institutida qizlar yotoqxonasiga yashirin kamera o’rnatganlarga jarima jazosi belgilandi

Qo‘qon davlat pedagogika institutining qizlar yotoqxonasiga kuzatuv kamerasini o‘rnatgan 4 kishi jarimaga tortildi.

Keltirilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 5 maydagi qaroriga ko‘ra institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.B. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish)da ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida, ya’ni 4 500 000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, institutning ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari M.A., B.O. va bo‘lim boshlig‘i R.M. ham MJtKning 46-1-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb hisoblangan. Ularning har biriga BHMning o‘n baravari miqdorida, ya’ni 3 000 000 so‘mdan jarima jazosi belgilangan.