2022-yil 20-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida xotin-qizlar uchun birinchi ijtimoiy tarmoq – Mili.uz taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot ushbu loyihaning yaratuvchilari va xodimlari (jumladan, UIT talabasi) tomonidan o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va xodimlari ishtirok etib, yangi ijtimoiy tarmoq bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.
Loyiha haqida batafsil ma’lumotni mili.uz saytida va Instagram: https://instagram.com/mili.uz?igshid=YmMyMTA2M2Y= orqali bilib olishingiz mumkin.