Prezident qarori bilan Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etildi.
Universitet Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti tomonidan tashkil etilgan akademik va moliyaviy jihatdan toʻliq mustaqil davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Ta’lim grantlar va toʻlov-kontrakt shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
2022—2023-oʻquv yilidan boshlab universitetda quyidagi bakalavriat yoʻnalishlari tashkil etiladi:
- Zamonaviy qishloq xoʻjaligi;
- Agronomiya;
- Biotexnologiya;
- Agroiqtisodiyot;
- Chorvachilikni rivojlantirish;
- Oziq-ovqat xavfsizligi;
- Agrologistika.
Bitiruvchilarga hamkor universitetning diplomi beriladi.