QarDU talabasi rus tili markazini ochishni taklif qildi

Talaba fevral oyida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan o’tkazilgan yig’ilishda o’z fikrini bildirdi.

Talabalar taklifi qo’llab-quvvatlandi va markazning rejasi va dasturi ishlab chiqildi. Va 10 aprel kuni ushbu universitetning filologiya fakulteti binosida rus tili markazi ochildi.

Endi rus tilini o’rganishni istagan talabalar markazdagi maxsus kurslarda bepul qatnashishlari mumkin.