Joriy yilning 1-4 mart kunlari poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Barcha yosh toifasida kechgan musobaqada Respublikamizning har bir hududidan tashrif buyurgan 1100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.
Qizlar orasida bo’lib o’tgan musobaqada Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti 3-bosqich talabasi Bonu Egamberdiyeva 18-21 yosh -68 kg vazn toifasida birinchi o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kata va kumite dasturida o‘tkazilgan turnirda murabbiylar shtabi joriy yil o‘tadigan jahon chempionati, Osiyo o‘yinlari kabi musobaqalarda ishtirok etadigan terma jamoa tarkibini shakllantirish, asosiy sportchilarga munosib zaxira a’zolarini saralab olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.