Qarshi davlat universitetining 4-kurs talabasi talabalar guruhiga diniy aqidaparastlik g‘oyalari aks etgan audiofaylni tarqatdi.
Uning talaba ekani, shuningdek, yashash va o‘qish joyidan yaxshi ma’lumotnoma berilgani, qilmishidan pushaymonligi inobatga olinib, jazosi yengillashtirildi.
Talaba uch yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud jarayoni universitetda bo‘lib o‘tdi.