Publishplease yozgi maktabiga qabul e’lon qilindi

TDYU Yosh olimlar kengashi tomonidan tashkil etilgan yozgi maktab doirasida ilmiy maqolalarni chop etish texnikasi va usullari haqida foydali ma’lumotlar beriladi.

Maktab 1 oy davom etadi va darslar haftasiga ikki marta rus tilida olib boriladi.
Yozgi maktab yakunida imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabalar sertifikat bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, eng yaxshi bitiruvchiga ilmiy maqolasini bepul chop etish imkoniyati beriladi.
Eslatib o‘tamiz, maktabda o‘qish uchun talabaning shaxsiy noutbuki bo‘lishi kerak.

Yozgi maktabda qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://forms.gle/MQLGvQHp5K82w5ip8