Princeton universiteti AQSHda oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif etmoqda

AQSHda joylashgan Princeton universiteti bakalavrlik kurslariga topshiruvchi barcha nomzodlarga ularning moliyaviy holatiga qarab, moliyaviy yordam dasturini taklif qiladi.

Oilaviy daromadi 65 ming dollardan kam boʻlgan talabalar oʻqish pulidan ozod qilinadi, bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Navbatdagi qabul 2022-yil avgust oyi oʻrtalarida boshlanadi (2023-yildan boshlab oʻqish uchun) va quyidagi sanalargacha davom etadi:
– 2022-yil 1-noyabr (erta qabul).
– 2023-yil 1-yanvar (odatiy qabul)

https://admission.princeton.edu/