Prezidenti qarori bilan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 avgustdagi PQ-5227-soni qarori asosida tashkil etilgan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi nodavlat ta’lim muassasasi hisoblanib, unda ta’lim o‘zbek va rus tillarida, to‘lov-kontrakt asosida olib boriladi.

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi quyidagi mutaxassis-kadrlarni tayyorlash uchun 2022-2023 o‘quv yiliga talabalar qabulini e’lon qiladi:

• Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (Test savollari: matematika, fizika);
• Hayot faoliyati xavfsizligi (Test savollari: matematika, fizika);
• Inson resurslarini boshqarish (Test savollari: matematika, chet tili);
• Ijtimoiy ish (turli sohalarda) (Test savollari: matematika, chet tili);
• Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) (Test savollari: biologiya, ona tili va adabiyot);
• Menejment (Test savollari: matematika, chet tili);
• Yurisprudensiya (Test savollari: tarix, chet tili).

Akademiyada ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.Ta’lim turi va davri: kunduzgi, 4 yil.

Talabalar o‘quv binosida wi-fi (bepul internet)dan foydalanishi mumkin. Asosiy mashg‘ulotlardan so‘ng fanlar bo‘yicha mustaqil shug‘ullanishlari uchun kompyuter sinflari, laboratoriyalar va maxsus xonalar mavjud.

Qabul uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
– Pasport foto nusxasi;
– O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘yicha diplom yoki shahodatnoma (11-sinfni bitirganligi to‘g‘risidagi)
– Abituriyent surati (3×4, 300 dpi shaklda).

Hujjatlar 2022 yil 20 iyundan 20 avgustgacha quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, “Alisherobod” MFY, Milliy ko‘chasi, 7 uy.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: 71-265-01-64, 71-265-01-54.