Institut to‘qimachilik sanoati tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakaga ega oliy ma’lumotli va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi.
Institutda o‘quv jarayoni 2023/2024-o‘quv yilidan boshlanadi va kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.
2024/2025-o‘quv yiliga qadar Institut huzurida to‘qimachilik texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2026/2027-o‘quv yiliga qadar Institutning kamida 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
Shuningdek, Institut tarkibida:
– Ilg‘or to‘qimachilik muhandisligi maktabi;
– talabalar uchun Dizayn studiyasi;
– ilmiy-tadqiqot yutuqlarini tijoratlashtirish bilan shug‘ullanuvchi Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi tashkil etiladi.