Poyezd orqali qo‘shimcha qatnovlar qo‘yila boshlandi

Talaba va oʻquvchilarga qishki ta’tilda doimiy yashash joylariga borib kelishlariga qulaylik yaratish maqsadida qoʻshimcha joylar (reyslar) soni yanada koʻpaytirildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati quyidagi yo’nalishlarining bo’yicha yo‘lga qo‘yildi:

“Andijon — Xiva  — Andijon” yo‘nalishi;

“Andijon — Termiz — Andijon” yo‘nalishi;

“Qo‘ng‘irot — Andijon — Qo‘ng‘irot” yo‘nalishi;

“Toshkent — Urganch — Toshkent” yo‘nalishi;

“Toshkent —Termiz — Toshkent” yo‘nalishi;

“Toshkent —Andijon — Toshkent” yo‘nalishi.

Сhiptalarni nafaqat temir yo‘l kassalaridan, balki elektron tarzda http://chipta.railway.uz orqali ham onlayn xarid qilishingiz mumkin.