Plexanov nomli universiteti talabasi Butunrossiya tanlovida 1 oʻrinni egalladi

Tanlov natijalariga koʻra, Toshkent filialining 2-bosqich talabasi Yaxshiboyeva Diyora tanlov g‘olibi deb eʼlon qilindi.

Taqdimotlar tanlovi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining 115 yilligiga bag‘ishlangan boʻlib, ingliz tili darajasi B2dan yuqori boʻlgan bakalavriat talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Shuningdek, tanlovda har bir filialdan vakillar ishtirok etgani qayd etildi.

Taqdimotlar an’anaviy Power Point formatida taqdim etildi. Ishni baholashning asosiy mezonlari orasida ingliz tilini bilish darajasi, originallik va ijodiy yondashuv bor edi. Bundan tashqari, ishtirokchilarga besh daqiqalik vaqt chegarasi belgilandi. Eslatib o‘tamiz, musobaqa to‘liq ingliz tilida o‘tkazildi.