Pirogov nomidagi tibbiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali binosini rekonstruksiya qilmoqda

Bu haqda innovatsion faoliyat prorektori, universitetning Toshkent filiali direktori Dmitriy Shagin ma’lum qildi.

«Arxitektorlar jamoasi oktyabr oyida Moskvaga kerakli hujjatlarni tasdiqlash va imzolash uchun keladi va yil oxiriga kelib qurilish boshlanadi», dedi u.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2022 yilda Toshkentda N. I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining filialini ochish to’g’risida qaror qabul qilgan edi.

2021/2022 o’quv yilida respublikadan 37 talaba rezidentlik dasturlariga muvofiq Rossiyadagi ushbu universitetda o’qishni boshladi.