Prezident qaroriga ko‘ra, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va uning tarkibidagi o‘quv va ilmiy tashkilotlar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilib, pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi oliy o‘quv yurtiga aylandi.
2022–2023-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat pedagogika universitetining kunduzgi bo‘limi talabalari uchun kunduzgi ta’lim shaklidagi haftalik mashg‘ulotlari “4+2” rejimida, xususan, universitetda 4 kun nazariy, 2 kun maktablarda amaliy oʻtkaziladi.
Talabalar uchun Prezident, Ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham tanishuv va malaka oshirish amaliyotlari tashkil etiladi.