Pedagogika OTM bitiruvchilarining amaliy imtihon topshirishi majburiy boʼladi

Rossiyada 2027-2028 o‘quv yilidan boshlab pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalari amaliy imtihon topshirishga majburiy bo‘ladi. Mazkur imtihon – bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasining (BYA) bir shakli bo‘lib, u talabalarning amaliy ko‘nikma va malakalarini real ish sharoitlariga yaqinlashtirilgan vaziyatlarda namoyish etish imkoniyatini beradi.
Maʼlum qilinishicha, bunday imtihon kollejlar va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining BYA shaklidir. U bitiruvchilar kasbda duch kelishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni modellashtiradi.
Barcha oliy o‘quv yurtlarida majburiy amaliy imtihonni 2027-2028 yilga qadar joriy etish rejalashtirilgan. Vazirlik fikricha, bunday imtihon formati bo‘lajak o‘qituvchi va tarbiyachilarning tayyorgarligini yana-da amaliy qilishga yordam beradi.
Amaliy imtihonda talabalar kasbiy faoliyatda duch kelishi mumkin bo‘lgan vazifalarni bajaradi va bu jarayonda o‘zlarining mahoratlarini ko‘rsatadilar. Ularning ishini korxona vakillari orasidan jalb qilingan ekspertlar baholaydi, bu esa baholashning xolis va real bo‘lishini taʼminlaydi.
Masalan, bo‘lajak o‘qituvchi amaliy imtihonda dars o‘tishi, muammoli vaziyatni hal qilishi yoki o‘quvchilarni baholashi mumkin. Shuningdek, bo‘lajak muhandis loyihani ishlab chiqishi, uskunalarni sozlash yoki nosozlikni bartaraf etishi mumkin.