Pedagogika oliygohlari mustaqil ta’lim muassasalariga aylanadi

Avloniy instituti Respublika xalq ta’lim markazi sifatida qayta tashkil etilib, Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan yagona tizimga kiritiladi.

Universitet Xalq taʼlimi vazirligi tarkibiga kiritilib, mamlakatimizning maktab oʻqituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha tayanch muassasasiga aylanadi.

Hududlarda faoliyat yuritayotgan pedagogika oliy o‘quv yurtlari bosqichma-bosqich oliygohlardan ajralib, mustaqil ta’lim muassasalariga aylanadi.