O‘ZMUda 1000 o‘rinli yangi talabalar turar joyi binosi quriladi

2022–2026 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida 100 ming o‘rinli yotoqxonalarni barpo etish rejalashtirilmoqda. 

O‘zbekiston milliy universitetida jami 2000 o‘rinli 4 ta talabalar turar joyi binolari qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu rejaga muvofiq TTJ qurilishi bo‘yicha e’lon qilingan tender asosida talabalar shaharchasida 1000 o‘rinli 12 qavatli barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy talabalar turar joyi binosi qurilishiga start berildi.

Talabalar turar joyi binosining loyiha qiymati 86 mlrd 400 mln so‘mni tashkil etadi. Yotoqxonaning 1–2-qavatlari talabalarga servis xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashtiriladi. Shuningdek, ushbu loyiha orqali 100 dan ortiq talabalarni ish bilan ta’minlash ham ko‘zda tutilgan.