«Oʻzbekistonning top-100 talaba liderlari» jurnali uchun qabul eʼlon qilinadi.

Unda Oʻzbekistonning eng faol talabalari hikoyasi, loyihalari va faoliyati jamlanadi. Dedlayn – 2022-yil fevral oxirigacha.

Ushbu loyihada qatnashish talabalarga bir qator afzalliklar beradi:

— Oʻz loyihasi yoki faoliyatini yoritish;

— Portfoliosini toʻldirish;

— Oʻzbekistonning boʻlajak liderlari hamjamiyatiga qoʻshilish. 

Kimlar qoʻshilishi mumkin?

Oʻqishdan tashqari faoliyatida katta yutuqlarga erishgan talabalar. Talabalar bakalavr yoki magistratura talabasi boʻlishi lozim.

Qanday qoʻshilish mumkin?

1. Anketani yuklab olish va toʻldirish. Yuklab olish uchun havola orqali oʻting: https://disk.yandex.uz/d/Lv5oMaLiIyHDTQ

2. Toʻldirilgan anketani [email protected] pochtasiga yuboring

Loyiha Ziyo Forum ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan amalga oshirilmoqda.