O‘zbekistonliklar Rossiyadagi tarixiy-ma’rifiy forumlarsa ishtrok etishlari mumkin

Toshkentdagi Rossiya markazi Yekaterinburgga qisqa sayohatda ishtirok etish uchun tanlov boshlanganini e’lon qildi. “Xorijiy talabalar uchun xalqaro yozgi tarix maktabi” tadbiri 13-18 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, 14—18-sentabr kunlari Barnaul va Belokurixa shaharlarida “Oltoy-Osiyo 2022: Yevroosiyo taʼlim maydoni” V Xalqaro taʼlim forumi boʻlib oʻtadi. Loyihalarda ishtrok etish uchun 14 avgustgacha ariza topshirishingiz mumkin.

Ishtrok etish uchun [email protected] manziliga “Nima uchun aynan men tanlangan tadbirga borishim kerak” mavzusida motivatsiya xati va rezyume yuborish kerak.