O‘zbekistonlik talabalar Nobel mukofoti sovrindorlari bilan texnologiya, NFT va meta-haqiqat masalalarini muhokama qilishlari mumkin

12-apreldan 22-aprelga qadar O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya va Germaniya talabalari uchun «IV Nobel Fest» bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonda festival «Coca-Cola» hamda “Ziyo forum” ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Nobel festivali 10 dan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlari, 10 ta Breakthrough mukofoti sovrindorlari, 500 ta universitet, 155 mamlakatdan 500 000 ishtirokchini birlashtirgan xalqaro texnologik, ilmiy va taʼlim sohasidagi tadbirdir.

15ta Nobel mukofoti sovrindorlari va Breakthrough mukofoti sovrindorlarining ma’ruzalari 18-22 aprel kunlari bo’lib o’tadi. Shuningdek, ishtirokchilar Garvard universiteti professori doktor Vivek Vadxvaning innovatsiyalar bo‘yicha bir haftalik bepul darslarida ishtirok etishi mumkin.

Bu yilgi festivalning o‘ziga xos xususiyati Phenom Metaverse (virtual 3D makon)da ma’ruzalarni tinglash imkoniyati bo‘ladi. Quyidagi manzilda ro’yxatdan o’ting: https://nobel-fest.org/