Kimyo bo‘yicha xalqaro Mendeleyev olimpiadasida maktab o‘quvchilari 1 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi:
Azimjon Jamolov – oltin medal;
Maftuna Badalova, Ikromiddin Boymahamadov, Emirali G‘afоrov va Abdulla Mahmudov – kumush medal;
Shahnoza Hakimova, Azizbek Nazarov, Sherzod Shaymatov, Ozodbek Meliqo’ziev va Murodbek Ergashev – bronza medal.
Toshkentda kimyo bo‘yicha 56-xalqaro Mendeleyev olimpiadasi bo‘lib o‘tdi va unda 16 davlatdan 100 nafarga yaqin maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Ular 28 bronza, 18 kumush va 9 oltin medal uchun bellashdi, deb xabar beradi Prezident ta’lim muassasalari agentligi matbuot xizmati.
Olimpiada ikkita nazariy va bitta eksperimental turni o‘z ichiga oldi. Birinchi tur topshiriqlari murakkabligi bo’yicha kimyoga ixtisoslashtirilgan sinflar dasturiga mos keldi. Ikkinchi tur savollari kimyoning beshta boʻlimi boʻyicha qiyinlik darajasi yuqori topshiriqlarni oʻz ichiga oldi. Eksperimental turda kimyoviy laboratoriyada ishlash koʻnikmalari, xususan, moddalarning kimyoviy tahlilini o’tkazish va taklif qilingan usul bo’yicha sintezni amalga oshirish boʻyicha bilimlar sinovdan oʻtkazildi.