O‘zbekistonlik 30 nafar talaba Xitoyda oʻqishni boshladi

Joriy yil 28-fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasining Lyaodong universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida 3 yil muddatga o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.

Mazkur shartnomaga asosan joriy yilning noyabr oyida Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasida tahsil olayotgan 30 nafar talaba grant asosida bir yillik stajirovka o‘tash uchun Lyaodong universitetiga yetib bordi.