O‘zbekistonda yuridik texnikumlarga qabul boshlandi

11-sinfni tamomlagan yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar hujjatlarni topshirishlari mumkin.

Hujjatlarni http://my.gov.uz yoki http://my.dtm.uz saytlarida yuborishingiz mumkin. Qabul 20 avgustgacha amalga oshiriladi. Xohlovchilar testlardan o’tishlari kerak bo’ladi.

Chet el fuqarolari suhbat natijalariga ko’ra qabul qilinadi.