O‘zbekistonda yangi ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi

A.Avloniy nomidagi O‘qituvchilar malakasini oshirish va yangi metodlarni o‘qitish milliy ilmiy-tadqiqot instituti A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolari va istiqbollarini o‘rganish ilmiy-tadqiqot instituti negizida ish olib boradi.

Bundan tashqari, o‘qituvchilarga yangi metodlarni o‘rgatish milliy markazlari tashkil etiladi. Ular hududiy xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari negizida faoliyat yuritadi.

Nizomiy nomidagi Pedagogika universiteti pedagogik yoʻnalishlar uchun taʼlim dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha yetakchi oliy oʻquv yurti deb hisoblanadi.