O‘zbekistonda talabalar turar joylarini qurish uchun subsidiyalar ajratiladi

2022–2025-yillarda 228 ta talabalar turar joyi qurish rejalashtirilgan boʻlib, joriy yilning oʻzida har biri 400 oʻrinli 47 ta yotoqxona qurish koʻzda tutilgan.

Endilikda talabalar turar joyini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish uchun davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, yotoqxona qurgan tadbirkor mulkning 20 foizigacha bo‘lgan ulushga ega bo‘ladi.

Talabalar turar joylarini qurish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini amalga oshirish uchun subsidiya 100 BHMdan ortiq bo‘lmagan miqdorda loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bir joy qiymatining 50 foizi miqdorida ajratiladi. Shu bilan birga, loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar oʻrtasida tender oʻtkazish talab etiladi.

  • Subsidiya – bu davlat yoki boshqa turdagi muassasa tomonidan boshqa davlatlarga, muassasalarga, shaxslarga ajratilgan pul yoki moddiy yordam.