O’zbekistonda Rossiya oliy o’quv yurtlarining yana yetti filiali ochiladi 

Bu masala Maxachqalada Rossiya Federatsiyasi Kengashi va O’zbekiston Oliy Majlisi Senatining hamkorlik bo’yicha komissiyasining sakkizinchi majlisida muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko’ra Rossiya oliy o’quv yurtlarining yana yetti filiali ochilishi rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda Rossiya oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan o’zbek talabalari soni 46 ming kishini tashkil etadi, O’zbekistonda Rossiya oliy o’quv yurtlarining 14 ta filiali ochilgan.

Shuningdek, ishtirokchilar Rossiya federatsiyasi oliy o’quv yurtlarida o’zbekistonlik talabalarni o’qitish kvotalarini oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.