O‘zbekistonda imtiyozli diplom ish haqining 8,5 foizga oshishini ta’minlaydi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda imtiyozli diplom ish haqini 8,5 foizga oshirishni ta’minlaydi. Respublikada fan doktori darajasi 61 foizga, fan nomzodi darajasi 41 foizga o‘sishni kafolatlaydi.

Har bir qo’shimcha o’qish yili ayollar uchun 11% va erkaklar uchun 8,7% ko’proq daromad keltiradi. Shu bilan birga, oilali erkaklar bo’ydoq erkaklarga qaraganda 16% ko’proq maosh oladi.