Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoy Fanlar akademiyasi huzuridagi Sinszyan ekologiya va geografiya institutining bir guruh olimlarini qabul qildi.
Ibrohim Abdurahmonov Sinszyan ekologiya va geografiya institutining O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorligi doirasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Shu bilan birga, Sirdaryo viloyatida ekologiya, qishloq xo‘jaligi, suv muammolari, irrigatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida Xitoy tomoni vazir I.Abdurahmonovni joriy yil avgust oyida Urumchi shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro forumda ishtirok etish uchun taklif etdi.