O‘zbekistonning Shvetsiyadagi muvaqqat ishlar vakili Nodir G‘aniyev Uppsala va Syodertyorn universitetlari professori, tarix va geografiya fanlari bo‘yicha mutaxassis Mark Bassin bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Shvetsiya universitetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilingan.
Uchrashuv yakunida o‘zaro aloqalarni davom ettirish hamda Mark Bassinning O‘zbekistonga amaliy safarini va uning doirasida respublika oliy taʼlim muassasalari mutasaddilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarni tashkil etish masalasini birgalikda ishlab chiqishga kelishib olingan.