O’zbekiston va Belarus transport universitetlari oʻzaro hamkorlikni kengaytiradi

Belarus Milliy texnika universitetining rektori Sergey Xaritonchik boshchiligidagi delegatsiya Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda OTM matbuot xizmati xabar qildi.

Ikki tomon rektorlari oʻrtasida 2022–2023-yillarda hamkorlikda ilmiy tadqiqot olib borish va magistratura yoʻnalishi boʻyicha yangi mutaxassisliklarni ochish boʻyicha qoʻshimcha shartnoma imzolandi.