TDYU magistranti O’zbekiston tarixida ilk bor chempion bo’ldi

Tariximizda ilk bora yurtdoshimiz Karate boʻyicha WKF jahon chempioni boʻldi. Musobaqada dunyoning besh qitʼasidagi 104 ta davlatdan 983 nafar sportchi gʻoliblik uchun tatamiga chiqdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti “Sport huquqi” mutaxassisligi magistranti Doston Otabolayev Dubay shahrida boʻlib oʻtgan karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida -75 kg vazn toifasida jahon chempioni boʻldi.

U final jangida misrlik raqibini taslim etib, O‘zbekiston karate WKF olamidagi tarixiy oltin medalni qo‘lga kiritdi.