O’zbek yoshlari maktabdan kasb-hunar o’rganishni boshlaydi

Maktablarda kasb-hunar shuningdek chet tillarini o’qitish yaxshilanadi. Bu ikkala masala prezident bilan uchrashuvda muhokama qilindi.

Har bir viloyatda bitta shahar va ikkita tuman tanlandi. Shu bilan birga 2 mingdan ortiq maktabda o’qituvchilarning sharoitlari, malakasi, o’quvchilarning kasb va chet tillariga qiziqishi o’rganildi.

Endi ularda tuman va mahallalarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 64 turdagi kasb-hunarga o’qitish yo’lga qo’yiladi. Va xorijiy tillarni chet ellik o’qituvchilar o’tadi.