Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda ilmiy stajirovkaga tanlov e’lon qilinadi

Innovatsion rivojlanish vazirligi Ozarbayjonning Milliy Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rayosatining 2022 yil 18 iyuldagi 111-son majlis bayoni topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Ozarbayjonning Milliy Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarda 1-4-ilovalarga muvofiq qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarni tashkil etish yuzasidan maqsadli tanlov e’lon qiladi.

Shu munosabat bilan, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi (ehtiyoji mavjud) nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)larni ilovalarga muvofiq belgilangan tartibda joriy yilning 14 noyabr sanasiga qadar Vazirlikka taqdim etishi mumkin.

Batafsil: https://mininnovation.uz/oz/news/post-923