Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bollarga 50 foiz ko‘proq stipendiya beriladi

Qonunchilikka ko’ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar davlat bog’chalari va maktablarga navbatga qo’yilmasdan joylashtiriladi.

Shuningdek ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda o’qiyotganda har o’quv yilida 1 marotaba o’quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 500 ming so’m) miqdorida subsidiya beriladi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar o’qishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda to’lanadi.