OshDU va NamDU o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilamoqda

Namangan davlat universiteti Yuridik fakultetiga Osh davlat universiteti Yuridik fakulteti professor-o’qituvchilari o’zaro hamkorlik aloqalarini yanada yaxshilash maqsadida tashrif buyurdilar.

Tashrifda Yuridik fakulteti dekani B.Talapov fakultetda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi, ta’lim sifatini yuqori darajaga ko‘tarish borasidagi taklif va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Osh davlat universiteti Yuridik fakulteti dekani G.Kuldasheva Namangan davlat universiteti bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalar yuzasidan fikr- mulohazalarini bildirib o‘tdi.