Fuqaro X.M tomonidan qo‘shni Tojikistonda tahsil olayotgan 21 nafar talabani o‘qishini O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasasiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ko‘chirib berish uchun jami 15 300 AQSH dollari olgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Denov tuman bulimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.