Oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingi e’lon qilindi

Eng yuqori natija qayd etgan OTMlar:
– “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti;
– O‘zbekiston Milliy universiteti;
– Toshkent moliya instituti;
– Samarqand davlat universiteti;
– Navoiy davlat konchilik instituti.

Eng quyi natija qayd etgan OTMlar:
– Termiz muhandislik texnologiya instituti;
– O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
– Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti.

Reyting Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi tomonidan oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tuziladi.

Mutaxassislik fanlari talabalarining bilim darajasi, professor-o’qituvchilar tarkibining ilmiy maqolalari soni va bitiruvchilarning ish beruvchilarining fikri hisobga olinadi.