Oldindan olib qo’yilgan chiptalar almashtirib beriladi

O’quvchi va talabalarning qishki ta’til davri 2023-yilning 18-yanvar sanasigacha uzaytirilishi munosabati bilan talabalarga shuni ma’lum qilmoqchimiz:

Chegirma asosida xarid qilingan avia va temir yo’l chiptalarni chiptahonalarda, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni http://chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin.
Chipta 100% qiymatda qaytariladi.

Temir yol, aviakassa chiptaxonalaridan xarid qilingan chiptalarni qaytarishda chiptaxonalarga murojaat qilishingiz va chipta summasini toliq olishingiz yoki boshqa sanadagi poyezdga chiptani almashtirishingiz mumkin.

Talabalarga eslatib o`tamiz, chiptalarni 18-yanvar sanasigacha 50% chegirma asosida xarid qilishingiz mumkin.