Oksford universiteti professori Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev bilan uchrashdi. Ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirdi.
Uchrashuv doirasida Buyuk britaniyalik olim universitet faoliyati, o‘quv jarayonlari, talaba-yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Andijon davlat universitetida olib borilayotgan ishlar, universitetning imkoniyatlari mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi.
Professor Aleksander Morrison universitet tarix fakultetining 3-4-bosqich talabalariga “O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi” va “Markaziy Osiyoda ingliz-rus raqobati” mavzularida ma’ruza o‘qidi.
Professor Aleksander Morrison universitet rahbariyati bilan kelgusida tarix fani yo‘nalishida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldi.