Nukusda ijarada yashovchi talaba is gazidan zaharlanib vafot etdi

Nukus shahrida 24-noyabr kuni ijarada yashovchi pedagogika instituti talabasi R.R is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea soat 07:00 atrofida 22-kichik tuman 8/6-uy 43-xonadonda sodir bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan marhum R.R.ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda holat bo‘yicha Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlanishicha, uyda shu kuni marhumdan tashqari yana 6 kishi bo‘lib, R.R. oshxonada, qolganlar boshqa xonalarda uxlagani sababli ular is gazidan zaharlanmagan. Tekshirish harakatlari Qoraqalpog‘iston prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.